Mashhur bloger MrBeast jamoasi Samarqand, Buxoro va Xiva bo‘ylab sayohat rejalashtirmoqda. Manbalarga ko‘ra, blogerning o‘zi ham O‘zbekistonga keladi.
Muxlislar bilan uchrashuv va jamoa rejalari
10 oktyabr kuni dunyoning eng mashhur videoblogerlaridan biri Jimmi Donaldson (MrBeast) Samarqandga tashrif buyurishi hamda O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohat uyushtirishi kutilmoqda. Bu haqda 9-oktyabr kuni Toshkentda fanat-uchrashuv chog‘ida MrBeast jamoasi vakillaridan biri Pressa.uz muxbiriga ma’lum qildi.
Rejaga ko‘ra, tasvirga olish guruhi va tashkilotchilar Buxoro, Xiva hamda Samarqand shaharlarini qamrab oladigan katta tur tashkil etishadi. Jamoa vakillari xavfsizlik va maxfiylik nuqtai nazaridan MrBeastning o‘zi ushbu shaharlarning barchasiga shaxsan borish-bormasligi tafsilotlarini ochiqlamadi.
Blogerning shaxsiy tashrifi
Tashkilotchilar safar tafsilotlarini sir tutayotganiga qaramay, Press.uzning hukumatdagi manbasi Jimmi Donaldsonning o‘zi ushbu loyihada shaxsan ishtirok etishi va O‘zbekistonga kelishini tasdiqladi.
Dunyoning eng ko‘p obunachisiga ega blogeri jamoasining ushbu tashrifi mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniy merosini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-oktyabr kuni MrBeast Toshkentga uchib kelgan, u yerda muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazgan hamda YouTube kanali uchun video tasvirga olgan edi.




