Sinoptiklar 11–12-oktyabr kunlari uchun favqulodda ogohlantirish e’lon qildi. O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir, sel va suv bosish xavfi mavjud.
Sinoptiklarning shoshilinch ogohlantirishi
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) ob-havoning keskin yomonlashishi yuzasidan shoshilinch axborot e’lon qildi. Joriy yilning 11–12-oktyabr kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning 9 ta viloyatidagi tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv Toshqin hodisalari yuzaga kelishi hamda hududlarni suv bosishi xavfi ortadi.
Ommaviy va kuchli yomg‘irlar tufayli aholi punktlari hamda pastqam yerlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni vaqtincha suv bosishi kuzatilishi mumkin.
Xavf kutilayotgan hududlar georafiyasi
Sel kelishi va suv toshqinlari xavfi quyidagi viloyat hamda tumanlarda yuqori deb baholanmoqda:
-
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari.
-
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari.
-
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari.
-
Navoiy viloyati: XatIRchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari.
-
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari.
-
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari.
-
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari.
-
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari.
-
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.




