O‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyo

Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Mart oyida O‘zbekiston aholisi Navro‘z, Ramazon hayiti va 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlariga ega bo‘ladi. Dam olish kunlari soni besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasiga bog‘liq bo‘ladi.

Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 21-mart Navro‘z bayramiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ramazon oyining 30 kuni 19-fevraldan boshlab hisoblanganda, Ramazon hayiti ham aynan shu sanaga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, agar bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun:

• 21-mart (shanba) — bayram kuni;

• 22-mart (yakshanba) — dam olish kuni;

• 23-mart (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Shu tariqa, besh kunlik grafikda ishlovchilar ketma-ket uch kun dam oladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun:

• 21-mart — bayram kuni;

• 22-mart — yakshanba.

Bu holatda dam olish ikki kunni tashkil etadi.

8-mart munosabati bilan dam olish tartibi

Joriy yilda Xalqaro xotin-qizlar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababli dam olish kuni ko‘chiriladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun:

• 7-mart (shanba) — dam olish kuni;

• 8-mart (yakshanba) — bayram kuni;

• 9-mart (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Jami — uch kun dam olish.

Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun:

• 8-mart — bayram kuni;

• 9-mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Ular ikki kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.