Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Markaziy bank mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yangi talablarga izoh berdi

Markaziy bank bank ilovalarida telefon raqami va JShShIR mosligini tekshirish bo‘yicha tushuntirish berdi. Yangi tartib faqat yangi mijozlarga taalluqli bo‘ladi.

Markaziy bank matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan yangi tartib yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, telefon raqamining JShShIR ma’lumotlariga mosligini majburiy tekshirish talabi faqat 22-apreldan keyin tizimda yangi ro‘yxatdan o‘tadigan mijozlarga nisbatan qo‘llaniladi. Avvaldan ilovalardan foydalanib kelayotgan fuqarolar uchun odatdagi ish tartibi o‘zgarishsiz qoladi.

Fuqarolarning xavotirlariga javoban MB telefon raqami yaqin qarindoshlar nomida bo‘lgan holatlarga to‘xtalib o‘tdi. Agar raqam ota-ona, farzand, aka-uka, opa-singil yoki turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bank ilovasidan foydalanishda hech qanday cheklov bo‘lmaydi. Faqatgina telefon raqami yoki bank kartasi foydalanuvchiga mutlaqo begona bo‘lgan shaxslar nomiga ochilgan holatlarda ro‘yxatdan o‘tishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu choralar bank mijozlarining mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash va firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish