O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Makkada qolgan 170 nafar ziyoratchi yordam so‘rab hukumatga murojaat qildi

Makkada qolgan 170 nafar ziyoratchi yordam so‘rab hukumatga murojaat qildi

170 dan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchi xususiy firmalar aybi bilan Makkada qolib ketdi. Ularning orasida og‘ir bemor keksalar borligi aytilmoqda.

O‘zbekistonlik bir guruh ziyoratchilar uchun umra safari kutilmagan sinovga aylandi. Makkadagi mehmonxonalarda qolib ketgan 170 dan ortiq fuqaro xususiy vositachilarning va’dalariga ishonib, endilikda vatanga qaytish yo‘lini topa olmayapti. Jiddadagi Bosh konsulxona xodimlari vaziyatni joyida o‘rganib, ziyoratchilarning ahvoli yuzasidan xavotir bildirdi.

Muammoning eng og‘ir jihati shundaki, guruh a’zolarining aksariyati yoshi ulug‘ insonlardir. Ular orasida qon bosimi va qandli diabetdan aziyat chekuvchilar, hatto yurak xurujini boshidan o‘tkazganlar bor. Safar muddati cho‘zilib ketishi oqibatida zaruriy tibbiy preparatlar tugab bormoqda. Diplomatlar vaziyatni o‘nglash choralarini ko‘rish bilan birga, imkoni borlarga aviabiletlarni o‘z hisobidan olib, tezroq qaytishni maslahat berishdi.

Hozirda diplomatik vakolatxona ushbu insonlarni qaytarish bo‘yicha rasmiy idoralar bilan aloqada bo‘lib turibdi. Fuqarolarga O‘zbekistonga qaytgach, ularni aldab, qiyin ahvolga solib qo‘ygan tadbirkorlar ustidan qonuniy tartibda chora ko‘rish huquqi borligi tushuntirildi. Masala to‘liq konsullik nazoratiga olingan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish