So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

O‘zbekiston madaniyat sohasini rivojlantirish uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiradi

O‘zbekiston madaniyat sohasini rivojlantirish uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiradi

2030-yilgacha madaniyat loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xususiy teatrlar uchun grantlar ajratiladi, Samarqandda esa 6 ming eksponatga ega bo‘lgan Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi rejalarga ko‘ra, O‘zbekistonda madaniyat sohasini modernizatsiya qilish uchun kelgusi to‘rt yil ichida 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi kutilmoqda. Yangi tizim doirasida nafaqat davlat muassasalari, balki nodavlat madaniyat tashkilotlari ham imtiyozli kreditlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xususiy teatrlar faoliyatini jonlantirish uchun maxsus davlat grantlari ajratilishi belgilandi. Shu bilan birga, yosh iqtidorlarni maktab davridanoq aniqlash va ularni turar joy bilan ta’minlab, ijod qilishi uchun sharoit yaratish choralari ko‘riladi.

Madaniy merosni saqlash yo‘nalishida Samarqandda ulkan loyiha — 9 gektar maydonni egallaydigan Ipak yo‘li muzeyi tashkil etiladi. Turizm sohasida ham o‘sish sur’atlari jadal bo‘lishi bashorat qilinmoqda: 2030-yilga borib xorijiy sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu maqsad yo‘lida 2026-2027-yillar davomida joylashtirish vositalari soni 8,2 mingtaga, turizm mahallalari va qishloqlari soni esa 84 taga yetkaziladi.