So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

Dunyoning yigirmadan ortiq davlatida koronavirusning yangi Sikada shtammi aniqlandi

Dunyoning yigirmadan ortiq davlatida koronavirusning yangi Sikada shtammi aniqlandi

Dunyoning yigirmadan ortiq davlatida koronavirusning yangi Sikada shtammi aniqlandi. Sanepidqo‘mita raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekov BA.3.2 mutatsiyasi haqida ma’lumot berdi.

So‘nggi vaqtlarda dunyoning 23 mamlakatida koronavirusning BA.3.2 deb nomlangan yangi subvarianti tarqalmoqda. Mutaxassislar ushbu mutatsiyani «Sikada» (chirindi) deb atashmoqda, bunga sabab virusning uzoq vaqt davomida «uyqu» holatida bo‘lishi va o‘zini namoyon qilmasligidir. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ushbu shtammning O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatga ta’siri yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Sikada»ning alomatlari «Omikron»ga juda o‘xshash: burun bitishi, tomoq og‘rig‘i va yo‘tal kuzatiladi. Kasallik ko‘proq bolalar va surunkali xastaligi bor shaxslarda uchrashi mumkin, chunki katta yoshli aholining aksariyati vaksina olgan yoki kasallikni boshdan o‘tkazgan. Nurmat Otabekov hozirda aholining qariyb 80 foizida jamoaviy immunitet shakllanganini, shu sababli yangi shtamm keng ko‘lamli epidemiya keltirib chiqarishiga asos yo‘qligini ta’kidladi. Vaziyat to‘liq nazorat ostida va xavotirga o‘rin yo‘q.