Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyat

Jizzaxda pora olgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi qo‘lga olindi

Jizzaxda pora olgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi qo‘lga olindi

Mirzacho‘l tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari umumiy ovqatlanish shahobchasidan 3 million so‘m pora olayotganda ushlandi. U yong‘in xavfsizligi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslikni va’da qilgan.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) mutasaddisining noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi. Tumandagi umumiy ovqatlanish maskanlaridan birida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tuman FVB boshlig‘i o‘rinbosari yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilganligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng, u tadbirkordan ushbu ishni sudga oshirmaslik va masalani «yopib yuborish» evaziga 3 million so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida FVB xodimi tadbirkordan kelishilgan mablag‘ni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari aholini korrupsiya holatlariga duch kelganda DXXning 1520 qisqa raqamiga xabar berishga chaqiradi va ma’lumot beruvchining shaxsi sir saqlanishini kafolatlaydi.

Izohlar

    Izoh qoldirish