Saudiya Arabistonida Payg‘ambarni haqorat qilgan migrant o‘lim jazosiga hukm qilindiDunyoJizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatMrBeast Toshkentda o‘z ishqibozlari bilan uchrashadiJamiyatIsroil 150 yo‘lovchisi bo‘lgan Flydubai samolyotini urib tushirishga tayyor turgan — OAVDunyoToshkentda 100 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasi barpo etiladiJamiyatDonald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurmoqchiSiyosatSirojiddin Adilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldiJamiyatLatviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishi mumkinJamiyatQo‘shrabotda mahalla raisi ayolga shilqimlik qilib behayo videolar yuborgani uchun qamaldiJamiyatQarzdorlik 240 trillionga yetdi: O‘zbekistonliklar nima uchun ko‘proq kredit olayotgani ma’lum qilindiIqtisodiyot

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs o‘zini osib o‘ldirdi

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs o‘zini osib o‘ldirdi

Jizzaxda ayolining 10 yoshli qarindoshiga nisbatan muntazam jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan 53 yoshli erkak qidiruvga berilgach, o‘zini osib o‘ldirdi. Bolaga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

Jinoyat tafsilotlari va qidiruv e’lon qilinishi

Jizzax viloyatida 53 yoshli erkak ikki oy davomida turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshi bo‘lgan 10 yoshli bolaga nisbatan muntazam ravishda jinsiy zo‘ravonlik sodir etib kelgani aniqlandi.

Erkak sodir etgan qilmishlari haqida kimgadir churq etsa, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni jinsiy aloqaga subsitut shaklda majburan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari doirasida erkak prokuraturaga chaqirilgan. Biroq u huquqiy javobgarlikdan qochish maqsadida huquq-tartibot idoralari xodimlaridan yashirinishga urinib, voqea joyidan qochib ketgan. Shundan so‘ng, 3-oktyabr kuni unga nisbatan rasman qidiruv e’lon qilingan.

Gumonlanuvchining o‘limi va bolaga ko‘rsatilayotgan yordam

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 4-oktyabr kuni gumonlanuvchining murdasi o‘ziga tegishli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan binodan topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Hozirda Jizzax shahar prokuraturasi va IIB xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) matbuot xizmatining xabar berishicha, 5-oktyabr kuni Jizzax shahridagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan voyaga yetmagan B. D.ga nisbatan individual keys ochildi.

Bolaga birlamchi baholash asosida zarur psixologik yordam ko‘rsatildi va u xavfsiz joyga joylashtirildi. Tayinlangan ekspertiza xulosalari olingach, bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilanadi.