В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Javohir Sindarov nomzodlar turnirida qancha mukofot puli oldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Kiprda 165 ming yevro ishlab topdi. Endi Sindarovni Gukeshga qarshi jahon chempionligi uchun million dollarlik bahs kutmoqda, unda shaxmatchimiz favorit hisoblanadi.

javohir-sindarov-mukofot-pullari-miqdori

Kiprda o‘z yakuniga yetayotgan shaxmat bo‘yicha nomzodlar turniri Javohir Sindarov uchun ham sport, ham moliyaviy jihatdan g‘oyat muvaffaqiyatli kechdi. Muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz hozirning o‘zida 165 ming yevro daromadni naqd qildi. Mazkur mablag‘ning 70 ming yevrosi turnir g‘olibi uchun ajratilgan bo‘lsa, qolgan 95 ming yevrosi to‘plangan ochkolar uchun (har yarim ochko uchun 5 ming yevro) beriladigan mukofotdir.

Vey I bilan bo‘ladigan so‘nggi tur bahsidan keyin ushbu summa yanada ko‘payishi mumkin. Sindarov endi jahon shaxmat toji uchun amaldagi chempion Dommaraju Gukeshga qarshi dona suradi. Bo‘lajak chempionlik uchrashuvining jamg‘armasi 1 million dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda. Qayd etish joizki, klassik shaxmat bo‘yicha o‘zaro uchrashuvlarda Sindarov Gukeshni ikki bor mag‘lub etgan va bir marta durang o‘ynagan, bu esa bo‘lajak match oldidan hamyurtimizning imkoniyatlarini yuqori baholashga asos bo‘ladi.