So‘nggi:
O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyat

Interpol O‘zmetkombinatning sobiq rahbarini xalqaro qidiruvga berdi

Interpol O‘zmetkombinatning sobiq rahbarini xalqaro qidiruvga berdi

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJning sobiq boshqaruv raisi Dilshod Ahmedovga nisbatan Interpol orqali qidiruv e’lon qilindi. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJning sobiq boshqaruv raisi Dilshod Ahmedov rasman xalqaro qidiruvga berildi. Interpol ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq rahbar juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.

Ahmedov 2024-yil oktyabr oyidan boshlab kombinatni boshqargan va 2025-yilning avgustida lavozimidan ozod etilgan edi. Hozirda uning xorijda qayerda ekanligini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ma’lumot uchun, uning rahbarligi davrida kombinatning moliyaviy holati yomonlashgani kuzatilgan: xususan, 2025-yil yakunlariga ko‘ra korxonaning sof foydasi 66 foizga kamayib ketgan.