O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo barqaror bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo barqaror bo‘lishi kutilmoqda

11–12-aprel kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +20…+25 darajani tashkil etadi, tog‘li hududlarda sel kelish xavfi saqlanib qoladi.

O‘zgidromet xizmati agentligi dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 11 va 12-aprel kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Jizzax, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Havo harorati kechalari +8…+13 daraja, kunduz kunlari esa +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kutilayotgan mahalliy yog‘ingarchiliklar sababli sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi mavjudligi haqida ogohlantirilmoqda.

Toshkent shahrida 10-apreldan 12-aprelga qadar yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11…+13 daraja, kunduzi esa +23…+25 daraja iliq bo‘ladi

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish