Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Buxorolik qizning «foydali» maslahati o‘ziga 24 million so‘mga tushdi

Buxoroda jarima ballaridan qutulishni o‘rgatgan qiz 24,7 mln so‘mga jarimaga tortildi. Sud uni qonun buzilishiga chorlashda aybdor deb topdi.

Buxoro viloyati IIB xodimlari haydovchilarga noto‘g‘ri ko‘rsatma bergan videolavha muallifini javobgarlikka tortdi. Videoda qiz agar mashina haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxs nomida bo‘lsa, qoidabuzarlik uchun ballar yozilmasligi haqida gapirgan. Ushbu harakatlar ochiqdan-ochiq qonunlarga bo‘ysunmaslikka chorlov sifatida qayd etildi va ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Sud qarori bilan aybdorga nisbatan 60 baravar miqdorida jarima tayinlandi. Endilikda fuqaro asossiz maslahatlari uchun 24 million 720 ming so‘m jarima to‘laydi. Ichki ishlar organlari internetdagi har bir chiqish uchun mas’uliyat borligini va qonunlarni buzishga targ‘ib qilish og‘ir moddiy oqibatlarga olib kelishini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish