Poytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni kuzatish bo‘yicha raqamli tizim yaratiladiJamiyatMigrantlarning xorijdagi mehnat staji O‘zbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinadiJamiyat10 ming kishini o‘qitish va Germaniyada ishga joylashtirishJamiyatO‘zbekistonda bolalarga ota-onasining roziligisiz chet el pasportini olish tartibi soddalashtirilishi mumkinJamiyatErkak Navoiy viloyatida turmush o‘rtog‘iga bolgarka bilan hujum qildiJamiyatApple Nvidia’dan o‘tib, dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomini qaytardiDunyoToshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyat

Poytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqda

Poytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqda

Poytaxt Parking nomidan to‘lanmagan avtoturargoh haqida soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqda. Kompaniya havolalar orqali o‘tmaslik va karta ma’lumotlarini kiritmaslikka chaqirdi.

Fırabgarlik sxemasi va Poytaxt Parking ogohlantirishi

O‘zbekistonda Poytaxt Parking pullik avtoturargohlar operatori nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatish holatlari kuzatilmoqda. Xabarlarda avtoturargoh uchun to‘lov amalga oshirilmagani va «qarzdorlik»ni yopish uchun havola orqali o‘tish taklif qilinadi.

Kompaniya rasman bunday xabarlarni yubormasligini ma’lum qildi va fuqarolarni ogohlikka chaqirdi. Pullik parkovka to‘lovi holatini faqat Poytaxt Parking rasmiy mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Xavfsizlik qoidalari:

  • Havola orqali o‘tmang hamda bank kartangiz ma’lumotlari va avtomobil raqamini shubhali saytlarga kiritmang.

  • Xabarni o‘chirib tashlang.

  • Karta ma’lumotlari kiritilgan bo‘lsa: agar karta ma’lumotlarini kiritishga ulgurgan bo‘lsangiz, darhol bankingizga murojaat qilib, kartani bloklang.

Savollar tug‘ilganda Poytaxt Parking qo‘llab-quvvatlash xizmatining 78 113 67 00 telefon raqami yoki Telegram’dagi @PoytaxtParkingsupportbot boti orqali bog‘lanish tavsiya etiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish