O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda munosib ish bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda: 10 ming nafar fuqaroni kasb-hunar hamda nemis tiliga o‘qitib, keyinchalik Germaniyada ishga joylashtirish vazifasi qo‘yildi.
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun quyidagi choralar ko‘riladi:
-
Maktab va техникуmlarga nemis tilida so‘zlashuvchi 500 nafar mutaxassis (nosirom) jalb etiladi.
-
Kelgusi o‘quv yilidan OTMlarda nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi ikki baravarga oshiriladi.
-
Bir oy muddatda 20 ta texnikum tanlab olinib, ularning ta’lim dasturlari xorijiy ish beruvchilar talablariga moslashtiriladi.
Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ta’lim muassasalarini zamonaviy jihozlashga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirishgan.
Hududlarda migratsiya markazlarini tashkil etish
Ushbu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgusi yilda har bir viloyatda yagona migratsiya markazi ochiladi. Har bir hududga 8 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga «Intil» xalqaro o‘quv markazi tajribasini o‘rganish topshirildi.






Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q