33 ta davlat hokimiyati aholini dori-darmon va oziq-ovqat zaxirasini yaratishga chaqirdiDunyoPoytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni kuzatish bo‘yicha raqamli tizim yaratiladiJamiyatMigrantlarning xorijdagi mehnat staji O‘zbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinadiJamiyat10 ming kishini o‘qitish va Germaniyada ishga joylashtirishJamiyatO‘zbekistonda bolalarga ota-onasining roziligisiz chet el pasportini olish tartibi soddalashtirilishi mumkinJamiyatErkak Navoiy viloyatida turmush o‘rtog‘iga bolgarka bilan hujum qildiJamiyatApple Nvidia’dan o‘tib, dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomini qaytardiDunyoToshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyat

Alisher Qodirov Toshkentdagi «qaysidir rus rassomining uyi»ni buzishga chaqirdi

Alisher Qodirov Toshkentdagi «qaysidir rus rassomining uyi»ni buzishga chaqirdi

«Milliy tiklanish» yetakchisi Alisher Qodirov Toshkentdagi ba’zi tarixiy binolar qiymatga ega emasligini aytib, ularni buzish va byudjetni faqat milliy merosga ajratishni taklif etdi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, poytaxt markazidagi ayrim eski binolar har qanday evaziga saqlab qolinadigan darajada yetarli qiymatga ega emas.

O‘z chiqishida u bunday ob’yektlarni davlat hisobidan saqlash zaruratini savol ostiga oldi. «U hech kimga kerak emas, bu qaysidir rus rassomining uyi. Uni olib tashlash kerak, bizga uning nima keragi bor? Madaniy meros ob’yekti sifatida uning biz uchun qanday qiymati bor? Uning qanday ahamiyati bor? U Shohi Zindaning hatto mingdan bir qismiga teng keladimi?», — dedi Qodirov.

Partiya rahbari Madaniy meros agentligi birinchi navbatda milliy madaniyatga e’tibor qaratishi, byudjet mablag‘lari esa eng avvalo uni saqlashga yo‘naltirilishi kerakligini ta’kidladi. Chiqishda aynan qaysi bino nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Ushbu bayonot Toshkentdagi Bobur ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan tarixiy bino taqdiri atrofidagi muhokamalar fonida yangradi. Avvalroq, 8-sentyabr kuni Madaniy meros agentligi davlat muhofazasida bo‘lgan ushbu ob’yekt bo‘yicha huquqiy baho berishni so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qilgan edi.

Izohlar

    Izoh qoldirish