So‘nggi:
O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyat

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi. 18-aprel kuni ertalab qo‘shni davlat hududida sodir bo‘lgan yer silkinishi respublikaning bir qator viloyatlarida ham qayd etildi.

Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila soat 07:54 atrofida ro‘y bergan. Yer silkinishining magnitudasi 5,5 ga teng bo‘lib, o‘choq taxminan 150 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Epitsentr Afg‘onistonning Badaxshon hududida, Toshkentdan qariyb 537 kilometr janubi-sharq tomonda joylashgan.

Mutaxassislar qayd etishicha, O‘zbekiston hududida zilzila kuchi past darajada sezilgan. Eng sezilarli tebranishlar Surxondaryo viloyatida kuzatilib, 2–3 ballni tashkil etgan.

Qolgan hududlar — Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan viloyatlari hamda Toshkent viloyati va poytaxtda esa zilzila taxminan 2 ball atrofida sezilgan.

Hozircha zilzila oqibatida vayronagarchiliklar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.