Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga kitob o‘qish uchun 10 mln so‘m mukofot beriladi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga kitob o‘qish uchun 10 mln so‘m mukofot beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin jahon va O‘zbekiston adabiyotining 100 ta eng yaxshi asarlaridan iborat ro‘yxat tuziladi.

Maxsus to‘plamlar butun mamlakat maktablari va texnikumlariga yuboriladi. Tashabbusning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida mustahkam kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish va savodxonlik darajasini oshirishdir.

Eng faol o‘quvchilar, o‘qigan asarlarini chuqur bilganini namoyon qilganlar, 10 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, mukofot oluvchi o‘quvchilar soni cheklanmaydi — yuqori darajadagi bilimini tasdiqlagan barcha o‘quvchilar mukofot oladi.

Shuningdek, davlat adiblarga ham qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatadi. Kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi orqali iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtmalarni bajarish evaziga yil davomida oyma-oy 20 million so‘mgacha to‘lovlar ajratiladi.

Dastur nafaqat o‘quvchilar, balki adabiy hamjamiyat uchun rag‘bat bo‘lib, talabalarning eng yaxshi badiiy va ilmiy adabiyot namunalari bilan tanishish imkoniyatini kengaytiradi.