So‘nggi:
Yaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardiDunyoJeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdiDunyoAQSHda Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik banknot chiqarilishi mumkinDunyoShavkat Mirziyoyev YOII sammitida hamkorlikning 5 ta asosiy yo‘nalishini ma’lum qildiSiyosatRossiyada markaziy osiyolik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildiJamiyatOpenAI rahbari sun’iy intellekt ish o‘rinlarini yo‘q qilmasligini aytdiDunyoDunyodagi eng qimmat davlat nomi e’lon qilindiDunyoShavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga boradiSiyosatAlisher Qodirov o‘qituvchilarni tarbiya berish majburiyatidan ozod qilishni taklif etdiJamiyatRossiya Ukrainadagi urushda yarim million askarini yoʻqotdi — Britaniya razvedkasiDunyo

O‘zbekistonda uran va plutoniyni tashish bo‘yicha yangi qoidalar tasdiqlandi

O‘zbekistonda uran va plutoniyni tashish bo‘yicha yangi qoidalar tasdiqlandi

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi radioaktiv ob’ektlarni tashish tartibini belgiladi. Yangi qoidalar uran va plutoniy kabi moddalarni qadoqlash, tashish xavfsizligini ta’minlash hamda ularni boshqa xavfli yuklar bilan birga olib yurishni taqiqlashni ko‘zda tutadi.

O‘zbekistonda radioaktiv materiallarni xavfsiz tashish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan hujjat uran yoki plutoniyni qadoqlash hamda yetkazib berish jarayonida aholi va ekologiyaga zarar yetishining oldini olishga qaratilgan. Xususan, radioaktiv moddalarni boshqa xavfli yuklar bilan birga tashish va qadoqlarga suv tegishi qat’iyan man etiladi.

Yengillik faqat modda vazni 300 grammdan oshmagan va undagi izotopi miqdori 1 foizdan kam bo‘lgan holatlar uchungina ko‘zda tutilgan. Boshqa barcha vaziyatlarda xavfsizlik choralari to‘liq hajmda qo‘llanilishi shart.

Ushbu tartib-taomillarning joriy etilishi 2026-yilning yozida qurilishi boshlanadigan O‘zbekistondagi ilk AES loyihasi bilan bog‘liq. Hozirda qurilish maydonchasida beton quyish ishlari boshlab yuborilgan. Strategik ob’ekt qurilishida jami 13 mingga yaqin mutaxassis, jumladan 10 ming nafar mahalliy va 3 ming nafar rossiyalik xodimlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.