Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

O‘zbekiston harbiy aviatsiyasi jahonning kuchli 60 taligiga kirdi

O‘zbekiston harbiy aviatsiyasi jahonning kuchli 60 taligiga kirdi

2026-yil aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari dunyoda 55-o‘rinni egalladi. Mamlakat aviatsiya parkida 159 ta texnika mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismini vertolyotlar va qiruvchi samolyotlar tashkil etadi.

O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari Global Firepower portalining 2026-yil aprel oyi uchun e’lon qilingan reytingida yuqori natija ko‘rsatdi. Dunyoning 145 ta davlati harbiy aviatsiyasi baholangan mazkur ro‘yxatda mamlakatimiz 55-pog‘onani egalladi.

Hozirgi vaqtda respublika qurolli kuchlari ixtiyorida jami 159 ta uchish apparati mavjud. Aviatsiya parkining asosini 101 ta vertolyot hamda 26 ta qiruvchi samolyot tashkil qilmoqda. Shuningdek, armiya tarkibida 13 ta shturmovchi, 12 ta transport va 7 ta o‘quv-mashg‘ulot samolyotlari xizmatda turibdi.

O‘zbekiston aviatsiyasi tarkibidan Mig-29, Su-25, Su-27 kabi jangovar samolyotlar, shuningdek, Il-76 va S295 transport texnikalari o‘rin olgan. Vertolyotlar qatorida Mi-24, Mi-8 va Airbus H215M kabi zamonaviy modellar faol qo‘llanilmoqda. Reytingning yuqori uchligini AQSH (13 mingdan ortiq texnika), Rossiya va Xitoy egallagan bo‘lsa, Lyuksemburg va Serra-Leone kabi davlatlar bor-yo‘g‘i bittadan samolyotga ega.