Senat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyat

Toshkentda maktab o’quvchisi YTH sodir etdi

9-aprelga o‘tar kechasi Shayxontohur tumanidagi «Ganga» ko‘prigida 16 yoshli maktab o’quvchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va KIA bilan to‘qnashdi. Uch nafar o‘smir jarohatlandi.

9-aprelga o‘tar kechasi Toshkentning Shayxontohur tumanida voyaga yetmagan haydovchi ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Taxminan soat 03:30 larda Sebzor ko‘chasidagi «Ganga» ko‘prigida 16 yoshli o‘smir (2009-yilda tug‘ilgan) Lacetti rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan.

Boshqaruv yo‘qotilishi natijasida transport vositasi ajratuvchi chiziqni kesib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 22 yoshli haydovchi boshqaruvidagi KIA avtomobili bilan to‘qnashgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va uning salonida bo‘lgan ikki nafar tengdoshi jarohat olgan. Jabrlangan uch nafar o‘smirga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. KIA haydovchisining holati bo‘yicha ma’lumot berilmagan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, voyaga yetmagan bolaning rulga qanday o‘tirib qolgani va avtomobil egalarining javobgarlik masalasi o‘rganilmoqda.