Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi учун jamoat yordamchilari guruhi tuziladi

O‘zbekistonda mahalladagi tartibni saqlash uchun jamoat yordamchilari jalb etiladi. Profilaktika inspektorlari ortiqcha vazifalardan ozod etiladi.

O‘zbekistonda mahallalardagi xavfsizlikni ta’minlash va tartibni saqlashda inspektorlarga ko‘maklashadigan jamoat yordamchilari instituti tashkil etiladi. Yangi tizimga ko‘ra, yordamchilar maishiy nizolardan tortib, mayda huquqbuzarliklargacha bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlashda ishtirok etadilar. Bu chora profilaktika inspektorlariga asosiy vaqtini aholi bilan bevosita ishlashga hamda jinoyatchilikning oldini olishga sarflash imkonini beradi.

Hozirda respublika bo‘yicha 10 mingdan ortiq profilaktika inspektori faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili ular tomonidan 2,5 milliondan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqilgani sohadagi katta ish hajmidan dalolat beradi. Yig‘ilishda inspektorlarni o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan xalos etish zarurligi ta’kidlandi. Endilikda ular ortiqcha qog‘ozbozlikdan yiroqlashib, mahalla tinchligi uchun mas’ul bo‘lgan asosiy kuchga aylanadi.

Shuningdek, profilaktika inspektorlarining maktab psixologlari va xotin-qizlar faollari bilan o‘zaro hamkorligi kuchaytiriladi. Bu yoshlar o‘rtasidagi va oilalardagi muammolarni boshlang‘ich bosqichda aniqlash hamda ularni bartaraf etishga yordam beradi. Davlat rahbari ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq qarorlar loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish