So‘nggi:
O‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyatO‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladiSiyosatSirdaryoda sud telefonida ekstremistik fayllar saqlagan yigitni jarimaga tortdiJamiyatApple 19 yildan keyin iOS 20 tizimida budilnik va bildirishnomalar ovozini ajratdiDunyoAfg‘onistonda amaldorlarga smartfondan foydalanish taqiqlandiDunyoO‘zbekistonda sudyalar o‘z mol-mulkini deklaratsiya qilishga majbur bo‘ladiSiyosatShavkat Mirziyoyev zilzila oqibatida Filippin Prezidentiga ta’ziya bildirdiSiyosatO‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga imkoniyatni boy berdiSport

O‘zbekistonda futbol uchrashuvlari vaqti muxlislar tashrifini oshirish uchun o‘zgartiriladi

O‘zbekistonda futbol uchrashuvlari vaqti muxlislar tashrifini oshirish uchun o‘zgartiriladi

O‘zbekistonda futbol o‘yinlari kechki vaqt va dam olish kunlariga ko‘chiriladi. Prezident sohani foyda keltiradigan tarmoqqa aylantirishni maqsad qilgan.

Davlat rahbari huzurida o‘tgan yig‘ilishda milliy chempionat o‘yinlariga muxlislar tashrifi kutilganidan past ekani tanqid qilindi. Asosiy sabablardan biri sifatida ayrim uchrashuvlarning ish vaqtida o‘tkazilishi ko‘rsatildi.

Vaziyatni o‘zgartirish uchun mas’ullarga o‘yinlarni soat 19:00 dan keyinga yoki dam olish kunlariga belgilash bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Ushbu choralar futbol klublarining tushumlarini bir necha barobarga oshirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan.

Stadionlar atrofida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Endilikda o‘yinlar oldidan ko‘ngilochar va musiqiy tadbirlar tashkil etiladi, muxlislar uchun qulay transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, raqib jamoa tarafdorlari uchun maxsus futbol turpaketlari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Bu sa’y-harakatlar futbolni nafaqat sport tomoshasi, balki tadbirkorlar uchun qo‘shimcha daromad manbai va aholi uchun mazmunli hordiq maskaniga aylantiradi.

Yig‘ilishda hududlardagi sport infratuzilmasining holati ham muhokama qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatdagi 39 ta sport obyekti ta’mirtalabligi sababli to‘liq quvvatda ishlamayapti.

Shu munosabat bilan ushbu obyektlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash topshirildi. Investorlar tomonidan modernizatsiya qilingan majmualar aholi salomatligini mustahkamlash bilan birga, zamonaviy sport maskanlari sifatida xizmat qiladi.