Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Toshkent va Samarqandda yer uchastkalarini noqonuniy sotishga urinishlar fosh etildi

Toshkent va Samarqandda yer uchastkalarini noqonuniy sotishga urinishlar fosh etildi

Toshkent va Samarqandda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Zangiotada 24 sotix, Kattaqo‘rg‘onda esa temir yo‘l zonasidagi yerlar sotilishi to‘xtatib qolindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda firibgarlar qo‘lga olindi. Ular kadastr tizimidagi “tanishlari” orqali davlat zaxirasidagi va temir yo‘l yaqinidagi yerlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
O‘zbekistonning ikki hududida yer resurslarini talon-toroj qilish va firibgarlik yo‘li bilan sotish holatlariga chek qo‘yildi. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbirda, “Bo‘ston” mahallasi hududidagi davlat zaxirasidan 24 sotix yerni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Gumonlanuvchi kadastr xizmatidagi aloqalarini ishga solish evaziga xaridordan 20 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shunga o‘xshash holat Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ham qayd etildi. Mahalliy fuqaro 13 sotix yer maydonini 39 ming dollarga sotishga uringan. E’tiborlisi, ushbu yerning 5 sotixi temir yo‘lning muhofaza zonasida joylashgan bo‘lib, qonun bo‘yicha xususiy egalikka berilishi mumkin emas. Firibgar “tanishlari” yordamida hujjatlarni to‘g‘rilab berishini aytib, so‘ralgan mablag‘ning 5 ming dollarini bo‘nak (avans) sifatida olayotganida Departament xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168–moddasi (“Firibgarlik”) va 28, 211–moddalari (“Pora berishda sheriklik qilish”) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Mutaxassislar fuqarolarni yer sotib olishda faqat rasmiy auksion savdolari va qonuniy tartib-taomillarga tayanishga, shubhali “vositachilar” xizmatidan voz kechishga chaqirmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish