Endi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkinJamiyatO‘zbekiston tarixdagi ilk UFC turnirini qabul qilishga tayyorlanmoqdaSportMarkaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdiJamiyatO‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilmoqdaSiyosatAbdumalik Nazirov O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda hafta anomal +29 daraja issiq bilan boshlanadiJamiyatGTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyat

Endi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkin

Endi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkin

my.gov.uz portalida yangi qurilayotgan va bitgan uylarni tekshirish xizmati ishga tushdi. Xaridorlar qurilish hujjatlarini oldindan yuklab olib, uyning topshirilish muddatini ko‘ra oladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qurilayotgan va bitkazilgan uylarni oldindan tekshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu xizmat yangi qurilayotgan uylardan kvartira olmoqchi bo‘lganlarga pul to‘lashdan oldin quruvchining hujjatlari joyidaligini tekshirib olishga yordam beradi.

Uy haqida nimalarni bilish mumkin

Bazaga 30 dan ortiq turdagi obyektlar — ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uylardan tortib madaniyat, san’at hamda turizm binolarigacha kiritilgan. Portalda quyidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin:

  • uyning nomi, aniq manzili va toifasi;

  • foydalanishga topshirishning aniq muddati;

  • qavatlar va kvartiralar soni;

  • umumiy maydon va loyiha qiymati;

  • buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar.

Qaysi hujjatlarni yuklab olsa bo‘ladi

Portalning o‘zidan qurilishga oid asosiy hujjatlarni yuklab olish mumkin:

  • arxitektura-shaharsozlik kengashi xulosasi;

  • davlat ekspertizasi xulosasi;

  • qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma.

Bu xaridorlarga qanday foyda beradi

Yangi xizmat ulush kiritish asosida qurilayotgan uylardan xonadon sotib olayotgan fuqarolarni himoya qilishga qaratilgan.Endi xaridorlar quruvchi va’da qilayotgan muddatlar rasmiy hujjatlarga mos kelishini va barcha ruxsatnomalar borligini mustaqil tekshirib chiqishi mumkin.

Izohlar

    Izoh qoldirish