Yunusobod tumanida Rossiya fuqarosi Yunusoboddagi 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Marhum ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan 54 yoshli Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi.
Toshkent shahar Yunusobod tuman prokuraturasi 14-oktabr kuni 260-maktab yaqinida (8-mavze) yuz bergan fojeali hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi. Halok bo‘lgan shaxs shu mavzeda yashovchi 54 yoshli Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Andrey Kojevnikov ekani aniqlandi.
Tekshiruv tafsilotlari
Nazorat organi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 16:35 lar atrofida erkak poytaxt IIBBning «102» qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z joniga qasd qilishini aytgan. Hududiy profilaktika inspektori voqea joyiga yetib kelguniga qadar u 51-uyning 9-qavatidagi o‘z xonadoni derazasidan o‘zini pastga tashlagan va olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida marhum Toshkent shahar ruhiy va nevrologik kasalliklar klinik shifoxonasida «shizofreniya» tashxisi bilan ro‘yxatda turgani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, 26-oktabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan (qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli) jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilindi.






Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q