33 ta davlat hokimiyati aholini dori-darmon va oziq-ovqat zaxirasini yaratishga chaqirdiDunyoPoytaxt Parking nomidan soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni kuzatish bo‘yicha raqamli tizim yaratiladiJamiyatMigrantlarning xorijdagi mehnat staji O‘zbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinadiJamiyat10 ming kishini o‘qitish va Germaniyada ishga joylashtirishJamiyatO‘zbekistonda bolalarga ota-onasining roziligisiz chet el pasportini olish tartibi soddalashtirilishi mumkinJamiyatErkak Navoiy viloyatida turmush o‘rtog‘iga bolgarka bilan hujum qildiJamiyatApple Nvidia’dan o‘tib, dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomini qaytardiDunyoToshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyat

33 ta davlat hokimiyati aholini dori-darmon va oziq-ovqat zaxirasini yaratishga chaqirdi

33 ta davlat hokimiyati aholini dori-darmon va oziq-ovqat zaxirasini yaratishga chaqirdi

AQSH, Germaniya va Yaponiya kabi 33 ta davlat rasmiylari aholiga urush, kiberhujum va favqulodda vaziyatlar uchun suv hamda oziq-ovqat zaxirasini tayyorlashni tavsiya qilmoqda.

Tavsiyalar ko‘lami va zaxira muddatlari

Dunyodagi 33 ta davlat hukumatlari o‘z fuqarolariga favqulodda vaziyatlar, urushlar va kiberhujumlar ehtimoliga qarshi uyda oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon hamda birinchi gallikda zarur bo‘ladigan buyumlar zaxirasini yaratishni tavsiya etmoqda. Ro‘yxatdan Yevropaning 17 ta davlati, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya,Yaponiya, Kanada, Hindiston, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar o‘rin olgan.

Aksariyat davlatlarda tavsiya etilgan mustaqil ta’minot muddati kamida 72 soatni (3 kun) tashkil etadi. Ushbu davr mobaynida hayotiy muhim tizimlar ishida uzilishlar yuz berganda oilalar o‘z ehtiyojlarini mustaqil ta’minlay olishi lozim.Ayrim mamlakatlarda bu muddat uzaytirilgan: Shvetsiya va Norvegiyada aholiga bir haftalik, Germaniyada esa 10 kungacha yetadigan zaxira yig‘ish maslahat berilmoqda.

Ogohlantirish sabablari va asosiy xavflar

Fuqaro muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar bir qator xavf-hatarlarga qaratilgan: qurolli nizolar, kiberhujumlar, tabiiy оfatlar, shuningdek, elektr energiyasi va suv ta’minotidagi uzoq muddatli uzilishlar shular jumlasidandir.

Yirik inqirozlar paytida do‘konlar faoliyati to‘xtashi, yetkazib berish zanjiri buzilishi hamda elektr yo‘qligi sababli elektron to‘lovlar va aloqa vositalaridan foydalanish qiyinlashishi mumkin. Shu munosabat bilan Yevropa komissiyasi aholining kamida 72 soatlik mustaqil tayyorgarligini inqirozlarga chidamlilik strategiyasiga kiritgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatmalar yaqin kunlarda urush boshlanishini anglatmaydi, balki fuqaro muhofazasining profilaktik chorasi hisoblanadi.

Favqulodda toplam tarkibi

Tegishli idoralar favqulodda toplamga quyidagilarni kiritishni tavsiya qiladi:

  • Ichimlik suvi va uzoq saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari.

  • Birinchi yordam toplami va zarur dori-darmonlar.

  • Chiroqlar (fonar), ehtiyot batareyalar hamda batareyada ishlaydigan radiopriyomnik (aloqa va internet o‘chgan holatda rasmiy axborotlarni olish uchun).

  • Yosh bolalar hamda surunkali kasalligi bor oila a’zolari uchun maxsus vositalar.

Fuqarolarga oziq-ovqat zaxiralarini vahimaga tushmasdan, kundalik xaridlar davomida sekin-asta shakllantirish tavsiya etiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish