Toshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyat

Toshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildi

Toshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildi

Yakkasaroy tumani sudi «Safar hotel» mehmonxonasi xodimlariga nisbatan hukm chiqardi. Ular mijozlarni ruxsatsiz videoga olgani va shilqimlik qilgani uchun javobgarlikka tortildi.

Hodisa tafsilotlari

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi mehmonxona xodimlarining shaxsiy hayot daxlsizligini buzishi hamda shahvoniy shilqimlik qilishi bo‘yicha ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi. Sud qarori nusxasi tahririyat ixtiyorida mavjud.

Ish materiallariga ko‘ra, 2026-yil 12-oktyabr kuni soat 13:00 larda fuqaro tanishi bilan Yakkasaroy tumani Konstitutsiya ko‘chasida joylashgan «Safar hotel» mehmonxonasida bo‘lganida, mehmonxona xodimi ularni yarim yalang‘och holatda ruxsatsiz foto va videoga olib, shaxsiy hayot daxlsizligini buzgan. Boshqa xodim esa qizning yoniga kelib, har xil gaplar otib, telefon raqamini so‘ragan va shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sud majlisida har ikki huquqbuzar aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan afsusdaligini ma’lum qildi. Jabrlanuvchi xodimlar ularni ruxsatsiz videoga olganini va tanishiga shilqimlik qilganini tasdiqlab, tegishli chora ko‘rishni so‘radi.

Sud qarori

Sud huquqbuzarlarni aybli deb topib, tegishli jazolarni tayinladi. Shahvoniy shilqimlik bo‘yicha MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan ayblangan xodimga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi va oilaviy sharoiti sababli qamoq xarajatlaridan ozod qilindi. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish (MJtKning 46-1-moddasi) bo‘yicha ayblangan ikkinchi xodimga BHMning 20 baravari miqdorida (8 800 000 so‘m) jarima solindi.