Toshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?JamiyatQirg‘iziston va Qozog‘istonda 2027-yilgi Ramazon oyi boshlanish sanasi ma’lum qilindiDunyoToshkentda taksi yo‘lovchisi ichiga gashish joylangan qo‘g‘irchoq bilan ushlandiJamiyatO‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirildiJamiyatMaktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadiJamiyatToshkentda havoning ifloslanish darajasi JSST me’yoridan 11 baravardan oshib ketdiJamiyat

Toshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldi

Mirobod tumanida kuryerni so‘kkan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldi. Janjal sababchisi bo‘lgan restoran yozgi maydonchasi tekshirilib, noqonuniy to‘siqlar olib tashlandi.

Nima sodir bo‘ldi: janjal tafsilotlari

Voqea 17-oktabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan Brasserie Parkrestorani (sobiq «Moviy gumbazlar» xiyoboni) oldida yuz bergan.

17 yoshli M.Y. ismli kuryer skuterda navigator ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan. Uning yo‘li restoran o‘zboshimchalik bilan egallab olgan va stol-stullar joylashtirgan piyodalar yo‘lagidan o‘tgan.

Restoranning 36 yoshli haydovchisi va xodimi S.R. kuryerni to‘xtatib, unga nisbatan behayo so‘zlar ishlatgan, so‘kkan va urish bilan tahdid qilgan. Tarqalgan videoda kuryer navigator bo‘yicha kelganini tushuntirishga harakat qilgani, ammo restoran xodimi uni jamoat joyida haqoratlashda davom etgani aks etgan.

Sud hukmi va ma’muriy qamoq

Ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlardan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi bo‘lib o‘tdi.

Sudda S.R. aybiga qisman iqror bo‘lib, soat 15:30 larda skuter haydovchisi mijozlar o‘tirgan hududga kirib kelgani sababli jahl ustida so‘kib yuborganini aytgan va pushaymonligini bildirgan. Sud qarori bilan S.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybli deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Hokimiyat tekshiruvi: yozgi maydoncha olib tashlandi

Mojarodan so‘ng Toshkent shahar hokimligi «Moviy gumbazlar» xiyobonidagi restoranning yozgi maydonchasi joylashuvini tekshiruvdan o‘tkazdi.

Tekshiruv natijasida hududdan foydalanish va piyodalarning erkin harakatlanishiga oid qoidalar buzilgani tasdiqlandi. Shundan so‘ng piyodalar yo‘lagi restoran stol-stullaridan to‘liq bo‘shatildi.

Restoran ma’muriyati munosabati

Restoran ma’muriyati ushbu yo‘lak piyodalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ochiqligi, lekin u yerda moped va mototsikllarda yurmaslik so‘ralishini bildirdi. Shuningdek, xodimlarning qo‘polligiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi. Keyinchalik janjal ishtirokchisi bo‘lgan xodim kuryerdan rasman uzr so‘radi.