Toshkentda shaxsni aniqlaydigan SI-dronlari ishga tushirildiJamiyatCentrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdiJamiyatAQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdiDunyoToshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildiJamiyatToshkentda tunda issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi — hududlar ro‘yxatiJamiyatToshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandiJamiyatAndijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonliklar yangi viza sabab Tailandga chipta sotib olmay qo‘ydiJamiyatUzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydiJamiyatToshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandiJamiyat

Andijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi

Andijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi

DXX Toshkent va Andijon viloyati boshqarmalari Asaka tumanida 297 mln so‘mlik soxta pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan 39 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.

Operativ tadbir va jinoyat ustida qo‘lga olish

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri va Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda uy sharoitida soxta pul tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi.

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Asaka tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro shartli xaridorga soxta pullarni sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. U umumiy qiymati 297 mln so‘m bo‘lgan soxta 100 ming va 200 ming so‘mlik kupyuralarni 148 mln haqiqiy so‘mga o‘tkazishni rejalashtirgan.

Uydan topilgan uskunalar va jinoyat ishi

Gumonlanuvchining xonadonida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida qalbaki pul tayyorlashda foydalanilgan bosmoxona uskunalari hamda yarim tayyor holatdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupyuralar musodara qilindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar tayyorlash, o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.