Veolia Energy Tashkent 8–9-oktyabr kunlari issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazadi. Soat 00:00 dan 06:00 gacha issiq suv bosimi va harorati pasayadi.
Cheklov sababi va ishlar jadvali
Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati poytaxt aholini tungi soat 00:00 dan 06:00 gacha issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasayishi haqida ogohlantirdi. Ushbu choralar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlarining mustahkamligi va zichligini tekshirish (bosim ostida sinash) maqsadida o‘tkazilayotgan gidravlik sinovlar bilan bog‘liq.
Sinovlar ikki bosqichda o‘tkazilib, poytaxtning 8 ta tumanini kamrab oladi: Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yashnobod, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari.
Sinov o‘tkazish jadvali:
-
8-oktyabr: M-4 (TC-1) zonasi.
-
9-oktyabr: M-5 (ToshTETs) zonasi.
Cheklov tushadigan ko‘cha va hududlar ro‘yxati
M-4 (TC-1) zonasi — 8-oktyabr: Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxanim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3, Yassi, Qalandar, Bozko‘cha, Chust, Katta Darxon, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyiqit, Ozodlik, Yalang‘och, Toshqishloqmash, Mavlon Riyoziy, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy ko‘chalari; Kichik va Katta halqa yo‘llari; Sayram 5- va 7-tor ko‘chalari, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Tamaraxanim tor ko‘chasi; Bo‘z-1 massivi, ToshGRES shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni hamda Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
M-5 (ToshTETs) zonasi — 9-oktyabr: Amir Temur shohko‘chasi, Bobur, Nukus, Glinka, Oybek, Taras Shevchenko, Shahrisabz, Islom Karimov, Sharof Rashidov, Matbuotchilar, Zarafshon, Buxoro, Istiqlol, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Yahyo G‘ulomov, Xonzoda Begim, Turkiston, Fidokor, Chimkent ko‘chalari; Amir Temur 1-tor ko‘chasi, Mironshoh 7-tor ko‘chasi, Katta Mirobod 1-tor ko‘chasi hamda Nukus 1-tor ko‘chasi.



