GTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyatO‘zbekistonda xorijliklarni endi deportatsiya markazida bir yilgacha ushlab turish mumkin bo‘ladiJamiyatO‘zbekistonda muddatidan oldin pensiyaga chiqish taqdimnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildiJamiyat2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadiDunyoToshkentda Rossiya fuqarosi 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildiJamiyatO‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyot

O‘zbekiston banklarida antifrod tizimi 24/7 rejimiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston banklarida antifrod tizimi 24/7 rejimiga o‘tkaziladi

Markaziy bank antifrod tizimlarini 24/7 rejimida ishlatish va shubhali o‘tkazmalarni real vaqtda to‘xtatishga qaratilgan yangi nizom loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjatga muvofiq, moliyaviy muassasalarning antifrod tizimlari sutkasiga 24 soat va real vaqt rejimida uzluksiz ishlaydi. Mobil ilova, internet-banking va bank kartalari orqali amalga oshirilayotgan barcha tranzaksiyalar skoring asosida baholanib, ijtimoiy muhandislik va firibgarlik alomatlari aniqlansa, operatsiya vaqtincha to‘xtatiladi.

Shubhali to‘lov to‘xtatilgan yoki rad etilgan taqdirda, bank mijozni darhol xabardor qiladi va operatsiyani tasdiqlash uchun qo‘shimcha verifikatsiyadan o‘tkazadi.

Xalqaro tajriba, moliya bozori ishtirokchilarining axborot almashinuvi va statistika

Yangi tartib Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya hamda Singapur tajribasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, moliya bozori ishtirokchilari o‘rtasida yangi firibgarlik sxemalari bo‘yicha o‘zaro axborot almashish tizimini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Banklar va to‘lov tashkilotlari uchun mijozlarning firibgarlik borasidagi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda yirik hodisalar haqida Markaziy bankni zudlik bilan xabardor qilish majburiyati yuklatilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan umumiy qiymati 461 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 18 milliondan ziyod firibgarlik operatsiyalarining oldi olingan.

Izohlar

    Izoh qoldirish