So‘nggi:
Wildberries dron hujumlari sababli Qozog‘istondan omborxona izlamoqdaDunyoToshkentda YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdiJamiyatMarkaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdiIqtisodiyotToshkent aeroportida 4,4 kg mefedron kontrabandasi ushlandiJamiyatRossiyada Pavel Durovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u xalqaro qidiruvga berildiDunyoO‘zbekistonda bolalarga nisbatan zoravonlik va shafqatsiz munosabat bo‘yicha 1246 ishonch telefoni ishga tushirildiJamiyatToshkent atrofida 1 mlrd dollarlik ikki darajali pullik halqa yo‘li qurilishi mumkinJamiyatB2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish rejalashtirilmoqdaJamiyatRossiya O‘zbekiston bilan qurol yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qayta ko‘rib chiqmoqchiSiyosatYaponiyada 7,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdiDunyo

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qildi. Regulyator inflyatsiya darajasi va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha prognozlarni e’lon qildi.

Ta’kidlash joizki, regulyator iyunning o‘rtasida o‘tkazilgan avvalgi yig‘ilishda ham stavkani aynan ushbu darajada saqlab qolgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning iyun oyida mamlakatda umumiy yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 6,4 foizgayetdi, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foiz darajasida barqaror saqlanib qoldi. Iyun oyida yoqilg‘i-energetika resurslari hamda toshko‘mir narxlarining ko‘tarilishi umumiy inflyatsiya sur’atlarining qisqa muddatli tezlashishiga olib keldi. Hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi sekinlashayotgan bo‘lsa-da, xizmat ko‘rsatish sohasida narxlar o‘sishi davom etmoqda.

Regulyator joriy yil yakunida umumiy inflyatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida bo‘lishini, iqtisodiy o‘sish sur’ati (YIM) esa 7,5–8 foiz darajasida shakllanishini prognoz qilmoqda.

Xizmat ko‘rsatish, turizm, chakana savdo hamda investitsiyalar hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishi iqtisodiyotda yalpi talab barqarorligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, so‘nggi oylarda davlat byudjeti xarajatlarining faollashishi kelgusi choraklarda ham iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Markaziy bankining ma’lum qilishicha, amaldagi pul-kredit siyosati kelgusida inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli (target) darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholining real xarid qobiliyatini muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib qoladi.