O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Isroil urush harakatlariga qariyb 205 milliard dollar sarfladi

Isroil urush harakatlariga qariyb 205 milliard dollar sarfladi

Isroilning G‘azo, Livan, Suriya va Erondagi harbiy harakatlari davlat byudjeti hamda iqtisodiyotiga 700 milliard shekelga (205 milliard dollar) tushdi. Bu ko‘rsatkich mamlakat tarixidagi eng yuqori harbiy xarajat deb topildi.

Isroil davlatining 2023-yil 7-oktyabridan buyon G‘azo sektori, Livan, Suriya va Eron yo‘nalishlarida olib borayotgan keng ko‘lamli harbiy harakatlarining umumiy iqtisodiy qiymati 700 milliard shekelga (taxminan 205 milliard AQSH dollari) yaqinlashib qoldi. Bu haqda Isroilning nufuzli Zman Yisrael nashri tahliliy hisobotida ma’lum qildi.

Iqtisodiy tahlillarga ko‘ra, mazkur harbiy kampaniyalar moliyaviy nuqtai nazardan Isroil mudofaa tarixidagi eng qimmat davr bo‘ldi va uning salbiy asoratlari mamlakat iqtisodiyotiga uzoq yillar davomida ta’sir ko‘rsatadi.

Mablag‘larning taqsimlanishi va xarajatlar tarkibi

Isroil banki ma’lumotlariga tayanib tayyorlangan hisobotda urushning umumiy qiymati bir nechta yirik tarkibiy qismlarga bo‘lingan. Davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet xarajatlari 118 milliard dollardan oshgan. Ushbu mablag‘ning 71,2 milliard dollari bevosita harbiy ehtiyojlar va armiya ta’minotiga yo‘naltirilgan. Shuningdek, 16,7 milliard dollar fuqarolik xarajatlariga, 9,6 milliard dollar zarar ko‘rgan aholi va tadbirkorlarga kompensatsiya to‘lovlariga sarflangan. Yana 5,5 milliard dollar esa urush sababli oshib borayotgan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha foiz to‘lovlariga ketgan.

AQSH tomonidan Isroilga bepul taqdim etilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarning umumiy qiymati 26 milliard dollarni tashkil etib, u ham urushning umumiy iqtisodiy yukiga kiritilgan. Urush sababli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining inqirozga uchrashi oqibatida mamlakat iqtisodiyoti katta zarar ko‘rdi. 2023-yil oktyabridan 2025-yil yakunigacha bo‘lgan yo‘qotishlar 51,9 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy 2026-yilgi harbiy voqealarni hisobga olganda, bu ko‘rsatkich 58,6 milliard dollardan oshib ketdi.

Kichik biznes inqirozi va kelajakka xavf

Nashr mualliflarining qayd etishicha, ushbu hisob-kitoblarga fuqarolarning davlat tomonidan qoplanmagan shaxsiy moddiy zararlari hamda xususiy sektor yo‘qotishlarining katta qismi kiritilmagan. Ya’ni, real zarar bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Urush tufayli davlat xarajatlarining keskin ortishi mamlakat ichida soliq yukining kuchayishiga, inflyatsiyaning o‘sishiga va hayot narxining sezilarli darajada qimmatlashishiga olib keldi. Bu holat, ayniqsa, Isroildagi kichik va o‘rta biznes vakillariga og‘ir zarba berdi. Ekspertlarning ogohlantirishicha, Yaqin Sharqdagi harbiy mojarolar davom etadigan bo‘lsa, Isroil iqtisodiyoti gardanidagi moliyaviy va ijtimoiy yuk yanada o‘sishda davom etadi.