O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonliklarning qariyb 70 foizi faqat oylik hisobiga yashaydi — Markaziy bank hisoboti

O‘zbekistonliklarning qariyb 70 foizi faqat oylik hisobiga yashaydi — Markaziy bank hisoboti

Markaziy bank 2026-yil I choragi uchun “Iste’mol kayfiyati sharhi”ni e’lon qildi. Aholining 66 foizi oylik hisobiga yashaydi.

Shu bilan birga, tomorqa, tadbirkorlik, savdo va pul o‘tkazmalari hisobiga daromad topuvchilar ulushida ham o‘tgan chorakka nisbatan biroz o‘sish kuzatilgan. Umumiy hisobda ishtirokchilarning 68 foizi kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda.

Daromadlar bilan birga xarajatlarning ham ko‘payishi kutilmoqda. Respondentlarning 77 foizi kelgusi oylarda sarf-xarajatlar miqdori ortishini bildirgan. Barcha daromad guruhlarida uy-joy ta’mirlash ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolayotgan bo‘lsa, ta’lim va davolanish xarajatlari ham yuqori ulushni tashkil etmoqda.

Oyiga 5–10 mln so‘m topadigan o‘rta qatlam mablag‘larini asosan ta’lim, sayohat va to‘ylarga yo‘naltirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, 15–20 mln so‘mdan ko‘p topuvchilar ko‘proq avtomobil, ko‘chmas mulk va yirik maishiy texnika xaridini ko‘zlamoqda.

Kuzatuvlar aholi o‘rtasida qarz olishga bo‘lgan ehtiyoj hanuz yuqori ekanini ko‘rsatdi. Ishtirokchilarning 56 foizi (avvalgi chorakdagidan 2 foiz ko‘p) kelgusida kredit olishga ehtiyoji borligini ma’lum qilgan. Kreditga bo‘lgan talab asosan oyiga 7 mln so‘mgacha daromad oluvchilar hisobiga o‘smoqda.

Ijobiy tendensiya sifatida aholining pul jamg‘arishga bo‘lgan moyilligi ortayotgani keltirilgan. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida banklardagi milliy valyutadagi muddatli omonatlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,1 foizga o‘sgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish