O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

1-iyuldan yuridik shaxslar uchun yagona QR-kod majburiy bo‘ladi

1-iyuldan yuridik shaxslar uchun yagona QR-kod majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 1-iyuldan boshlab yagona QR-kodli to‘lov tizimini o‘rnatishi shart. Ushbu tizimni joriy etmagan tadbirkorlar jarimaga tortiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun joriy etilgan yagona QR-kod tizimi hozircha ixtiyoriy tartibda amal qilmoqda. Agar belgilangan muddat rasman uzaytirilmasa, roppa-rosa 15 kundan keyin, ya’ni 1-iyuldan boshlab ushbu tizim orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi. Yagona QR-kod o‘rnatmagan biznes subyektlariga nisbatan savdo qoidalarini buzganlik uchun jarima sanksiyalari qo‘llanila boshlaydi.

Biroq, yangi tizim to‘liq majburiy bo‘lib ulgurmasidan, uning atrofida qator ёqimsiz savollar va jiddiy e’tirozlar paydo bo‘lmoqda.

Yagona QR-kod o‘z mohiyatiga ko‘ra amaldagi monopolist — «Paynet» kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan maxsus QR-kodning muqobili hisoblanadi. Tizim ishga tushganiga 6 oy bo‘lganiga qaramay, «raqobatga qarshi emasmiz» degan bayonotlarga qaramasdan, hozircha birorta ham to‘lov tashkiloti ushbu raqamli platforma — maxsus QR-kod segmentiga mustaqil ravishda kira olmadi.

Yangi tizim joriy etilishidan avval u bozorda eng arzon, raqobatbardosh va tezkor to‘lov vositasi bo‘ladi, degan umidlar bor edi. Biroq amalda tranzaksiya xarajatlari biznes va iste’molchilar uchun juda qimmatga tushmoqda:

  • Merchantlar (biznes) uchun: Komissiya miqdori bir tekisda 0,65%ni tashkil etmoqda;

  • Iste’molchilar uchun: To‘lov sxemasida boshqa to‘lov tashkilotlari ham ishtirok etsa, foydalanuvchilar hisobidan 1%gacha qo‘shimcha komissiya ushlab qolinmoqda.

Bunday sharoitda yuqori tranzaksion xarajatlar sababli biznes uchun to‘lovlarni naqd pul yoki an’anaviy terminallar orqali qabul qilish, iste’molchilar uchun esa naqd pul yoki oddiy plastik karta (Humo/Uzcard) orqali to‘lash ancha arzon va qulay bo‘lib qolmoqda.