So‘nggi:
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zoravonlik va shafqatsiz munosabat bo‘yicha 1246 ishonch telefoni ishga tushirildiJamiyatToshkent atrofida 1 mlrd dollarlik ikki darajali pullik halqa yo‘li qurilishi mumkinJamiyatRossiya O‘zbekiston bilan qurol yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qayta ko‘rib chiqmoqchiSiyosatYaponiyada 7,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdiDunyoShavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan xorijiy elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildiSiyosat«G‘ishtko‘prik» chegaralangan bojxona posti avgust oyida foydalanishga topshiriladiJamiyatYHXX haydovchilarning balini pul evaziga o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogohlantirdiJamiyatRossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil oxirigacha uzaytirdiDunyoVoyaga yetmagan qizni zo‘rlagan sobiq IIB inspektori 15 yilga qamaldiJamiyatSoliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaevga 8 yildan ortiq qamoq jazosi tayinlandiSiyosat

Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi

Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi

Andijon viloyati IIB voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazi inspektori 16 yoshga to‘lmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Gumonlanuvchi taniqli sobiq bokschi ekani aytilmoqda.

Andijon viloyatida ichki ishlar xodimi voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani haqida tarqalgan xabarlarga viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Voqea tafsilotlari Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning 3-iyun kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan U.Y. o‘z uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida mudhish holat aniqlangan: Andijon viloyat IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori — ijtimoiy xodimi lavozimida ishlab kelgan S.B. voyaga yetmagan qizni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan biriga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilgan.

Jinoyat ishi va gumonlanuvchining shaxsi Mazkur holat yuzasidan 4-iyun kuni S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish — jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan sodir etilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud ajrimi bilan gumonlanuvchi S.B.ga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu jinoiy qilmish uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Hozirda Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovning ma’lum qilishicha, ushbu jinoyatda gumonlanayotgan 41 yoshli mayor S.B. sport olamida taniqli shaxs — 2004-yilgi Olimpiada o‘yinlarining boks bo‘yicha bronza medali sohibihisoblanadi.