«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyat

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 6–8-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning 9 ta viloyatida sel kelishi haqida ogohlantirdi. Fuqarolar va haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

“O‘zgidromet” xizmati 6—8-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi borligidan ogohlantirdi. Ma’lum qilinishicha, yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida hududlarni suv bosishi ehtimoli mavjud.

Sel-suv toshqinlari quyidagi hududlarda yuzaga kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari.

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlari.

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari.

  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari.

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari.

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari.

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari.

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

Mutaxassislar tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan barcha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.