Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

FIFA JCH-2026 o‘yinlarida stadionlarga suv idishlarini olib kirishni taqiqladi

FIFA JCH-2026 o‘yinlarida stadionlarga suv idishlarini olib kirishni taqiqladi

FIFA Shimoliy Amerikada o‘tadigan Jahon chempionati starti arafasida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Muxlislarga qayta ishlatiladigan har qanday suv idishlarini arenalarga olib kirish taqiqlandi.

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionati boshlanishiga juda oz vaqt qolganida, FIFA muxlislar uchun kutilmagan cheklov joriy qildi. Tashkilot xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida stadionlarning ichki tartib-qoidalariga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, muxlislarning qayta ishlatiladigan suv idishlarini stadionga olib kirishi butunlay taqiqlanadi.

FIFA yaqingacha stadion ichkarisiga sig‘imi 1 litrgacha bo‘lgan bo‘sh, shaffof va plastik idishlarni olib kirishga ruxsat berib kelayotgan edi. Biroq allaqachon kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, ushbu ruxsatnoma bekor qilindi. FIFA bayonotida yozilishicha, har qanday shisha, finjon, banka va konserva idishlari ham tribunadan maydonga yoki boshqa muxlislarga qarata otilganda jarohat yetkazish xavfi bo‘lgani uchun taqiqlangan.

“FIFA barcha futbolchilar, hakamlar, muxlislar, ko‘ngillilar va xodimlar sog‘lig‘i hamda xavfsizligini himoya qilish majburiyatini oladi. Idishlarni taqiqlash qarori o‘yinchi va tomoshabinlarning jarohat olish xavfining oldini olish maqsadida qabul qilindi”, — deyiladi tashkilotning Reuters agentligiga bergan bayonotida.

Ushbu qaror futbol muxlislari o‘rtasida jiddiy xavotirlarga sabab bo‘ldi, chunki chempionat o‘yinlari o‘tadigan qator stadionlarda havo harorati 26—28 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bunday sharoitda ichimlik suvisiz qolish tomoshabinlarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

FIFA esa barcha xavotirlarni inobatga olganini va issiqqa qarshi maxsus choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, JCH—2026 doirasidagi barcha o‘yinlarning har bir taymida (havo haroratidan qat’i nazar) futbolchilar suv ichib olishi uchun maxsus tanaffuslar ajratiladi.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida esa stadionlar atrofida suv purkovchi stansiyalar, ventilyatorlar, bepul suv ichish shoxobchalari hamda salqin chodirlar tashkil etiladi. Shuningdek, stadion ichkarisida sotiladigan suv idishlarining narxi sun’iy ravishda oshirilmaydi va mazkur arenalarda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlardagidek odatiy narxda saqlab qolinadi.

Eslatib o‘tamiz, tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan Jahon chempionati shu yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish