O‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyatRaqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqdaJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +25 darajagacha pasayadiJamiyatSukunatni buzganlik uchun jarimalar 8,8 mln so‘mgacha oshiriladiJamiyatMarkaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadiSiyosatElektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyat

JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining raqamli egizaklari yaratiladi

JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining raqamli egizaklari yaratiladi

FIFA bo‘lajak jahon chempionati uchun futbolchilarni 3D formatda skanerlash tizimini joriy etmoqda. Virtual avatarlar ofsaydlarni aniqroq baholashga yordam beradi.

2026-yilgi jahon chempionatida qatnashadigan barcha terma jamoalar, jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham o‘zlarining raqamli egizaklariga ega bo‘lishadi. FIFA turnir oldidan futbolchilarni maxsus 3D skanerlash tizimini tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda BBC.

Ushbu yangi texnologiya o‘yin davomidagi bahsli vaziyatlar va ofsaydlarni (o‘yindan tashqari holat) yanada aniqroq belgilash hamda ularni vizual ko‘rinishga keltirish uchun xizmat qiladi. Chempionat startidan avval har bir o‘yinchi tezkor 3D skanerdan o‘tkaziladi ва olingan model VAR tizimi hamda teletranslyatsiyalardagi takroriy lavhalarga joylashtiriladi.

FIFA qayd etishicha, bunday «raqamli egizaklar» hakamlarga futbolchilarning maydondagi aniq joylashuvini aniqlashga, muxlislarga esa tushunarli grafika orqali bahsli vaziyatlarni yaxshiroq anglashga koishish beradi.

Tizimning o‘ziga xos jihati shundaki, u har ikkala darvozabonning nuqtai nazaridan ikkita alohida virtual translyatsiyani yaratib bera oladi. Mazkur 3D tasvirlar ham videoassistent (VAR) hakamlari, ham uchrashuvni ekrandan kuzatayotgan teleboshlovchi va tomoshabinlarga taqdim etiladi.