So‘nggi:
Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyat

AQSHda stadion yonida drift uyushtirgan olti yigit, jumladan, o‘zbekistonliklar ushlandi

AQSHda stadion yonida drift uyushtirgan olti yigit, jumladan, o‘zbekistonliklar ushlandi

AQSHning Sinsinnati shahrida politsiya dron yordamida noqonuniy ko‘cha poygachilarining yo‘lini to‘sdi. Qo‘lga olinganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor.

AQSHning Ogayo shtati janubi-g‘arbidagi Sinsinnati shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan noqonuniy ko‘cha poygalariga chek qo‘yildi. Mahalliy local12.com nashrining xabar berishicha, ushlangan qoidabuzarlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Bir guruh yoshlar Paycor stadioni hududida xavfli poygalar uyushtirib, drift qilishgan va mashinalarda turli ekstremal tryuklarni bajarishgan. Poygachilarni tuzoqqa tushirish uchun politsiya havoga dron ko‘tardi. Masofadan turib vaziyatni kuzatgan politsiya barcha qochish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi va olti nafar yigitni qo‘lga oldi.

Hozirda ularning har biriga xususiy hududga noqonuniy kirish ayblovi qo‘yilgan. Shuningdek, bir kishi bevosita taqiqlangan poygada qatnashganlikda ayblanmoqda.

Sud qaroriga ko‘ra, qo‘lga olinganlar uchun har bir ayblov bo‘yicha 2500 dollardan garov puli belgilandi. Bundan tashqari, tartibbuzarlar haydagan Audi, BMW, Ford Mustang va Dodge Challenger rusumli qimmatbaho mashinalar politsiya tomonidan jarima maydonchasiga evakuatsiya qilindi.