Xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyat

Toshkentda Qurbon hayiti namozi sababli bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi

Toshkentda Qurbon hayiti namozi sababli bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi

Toshkentda 27-may kuni hayit namozi sababli soat 00-00 dan 08-00 gacha 119 ta masjid atrofidagi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi.

Poytaxtda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan bayram namozi o‘qilishi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 27 may kuni poytaxtdagi 119 ta jome masjidida hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu sababli jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ibodatga kelgan dindorlar uchun zarur shart sharoitlarni yaratish maqsadida tungi soat 00 ni 00 dan ertalabki soat 08 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida shaharning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olishlarini so‘raydi. Noqulay vaziyatlar va tirbandliklarning oldini olish maqsadida transport vositalari egalariga o‘z harakatlanish yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirib olishlari tavsiya etilgan. Masjidlar atrofidagi yopiladigan ko‘chalarning aniq ro‘yxati va aylanib o‘tish yo‘llari haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi, bayram tadbirlari yakunlangach, barcha yo‘llarda transport harakati odatdagi tartibda to‘liq tiklanadi.