So‘nggi:
Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyat

O‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindi

O‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindi

O‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindi. 1-iyundan boshlab respublikada elektr energiyasi va gaz tariflari oshadi. Biroq 31-maygacha avans to‘lovini amalga oshirgan fuqarolar uchun eski narxlar yana ikki oy davomida saqlanib qoladi.

Yangi tariflarga ko‘ra, gaz narxi ijtimoiy norma va birinchi tijorat toifasi doirasida 1000 va 1800 so‘mdan mos ravishda 1100 hamda 2000 so‘mgacha oshadi.

Elektr energiyasi bo‘yicha esa amaldagi 600 va 800 so‘mlik tariflar 650 va 900 so‘mga ko‘tariladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, tariflarning oshishi ayniqsa yoz mavsumida sezilarli bo‘lishi mumkin. Chunki oldinda respublika bo‘yicha an’anaviy issiq yoz davri kutilmoqda.

O‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindi va agar abonentlar shu muddatgacha ikki oylik iste’mol hajmiga yetadigan mablag‘ni hisobiga avans tarzida kiritib ulgurса, kamida 1-avgustgacha eski tariflar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Amaldagi elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, tariflar o‘zgargan taqdirda avans to‘lovini amalga oshirgan iste’molchilarga ikki oygacha qo‘shimcha qayta hisob-kitob qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, ushbu imtiyozli tartib faqat ijtimoiy norma doirasidagi iste’molga emas, balki boshqa barcha iste’mol toifalariga ham tatbiq etilishi kerakligi qayd etildi.