Xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyat

O‘zbekiston bozorlarida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan oshxona idishlari aniqlandi

O‘zbekiston bozorlarida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan oshxona idishlari aniqlandi

O‘zbekiston bozorlaridagi oshxona idishlarida ruxsat etilgan me’yordan ortiq formaldegid moddasi aniqlandi. Sirdaryoda Melamine Ware brendi savdodan olindi.

Maxsus laboratoriya tekshiruvlari davomida savdodagi mahsulotlarning muayyan qismi belgilangan sanitariya me’yorlari hamda sifat talablariga mos kelmasligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlillar ba’zi idishlar tarkibida inson salomatligi uchun o‘ta zararli bo‘lgan formaldegid moddasi miqdori ruxsat etilgan me’yordan sezilarli darajada yuqori ekanini ko‘rsatdi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bunday idishlardan issiq ovqatlar va kislotali mahsulotlar uchun foydalanish, shuningdek ularning yuzasi tirnalgan yoki shikastlangan holatda ishlatilishi zaharli moddalarning ajralib chiqishini yanada tezlashtiradi.

Tibbiyot ekspertlarining ta’kidlashicha, formaldegid moddasining odam organizmida muntazam ravishda to‘planib borishi turli kuchli allergik reaksiyalarni, og‘ir zaharlanish holatlarini keltirib chiqaradi hamda ichki organlar faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu sababli respublika aholisiga tegishli muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan va ishlab chiqarilgan joyi noma’lum oshxona buyumlarini xarid qilmaslik tavsiya etilmoqda. Muqaddam Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarda ham Xitoyda ishlab chiqarilgan Melamine Ware brendi ostidagi idishlarda xuddi shunday qonunbuzarliklar aniqlangan edi.

O‘shanda texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi xodimlari xavfli mahsulotlarni aniqlab, do‘kon ma’muriyatiga ushbu buyumlarni zudlik bilan savdodan olib tashlash majburiyatini yuklagan edi.