Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Xitoydagi konda yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Xitoydagi konda yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida gaz portlashi oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi, 201 nafar ishchi qutqarib olindi.

Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida joylashgan ko‘mir konlaridan birida to‘satdan gaz portlashi natijasida kamida 90 nafar ishchi halok bo‘ldi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa kechki smena vaqtida yuz bergan bo‘lib, o‘sha paytda yer ostida jami 247 nafar konchi bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv guruhi safbar etildi va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida tongga yaqin 201 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqildi. Hozirda konda qolib ketgan boshqa ishchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Mamlakat rahbariyati konda qolayotgan barcha insonlarni qutqarish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, fojia sabablarini aniqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan mas’ullarni javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriq berildi. Ko‘mir qazib olishga ixtisoslashgan ushbu hududda texnika xavfsizligi darajasi pastligi sababli muqaddam ham bir qator baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgani qayd etilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish