O‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyatRaqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqdaJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +25 darajagacha pasayadiJamiyatSukunatni buzganlik uchun jarimalar 8,8 mln so‘mgacha oshiriladiJamiyatMarkaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadiSiyosatElektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyat

Pep Gvardiola Manchester Siti bosh murabbiyi lavozimini tark etishini ma’lum qildi

Pep Gvardiola Manchester Siti bosh murabbiyi lavozimini tark etishini ma’lum qildi

Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola 10 yillik faoliyatidan keyin jamoadan ketmoqda. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov endi yangi murabbiy qo‘l ostida o‘ynaydi.

Manchesterdagi murabbiylik faoliyatini yakunlashiga qaramay, u City Football Group xoldingi tizimida qoladi va global elchi sifatida klublarni texnik masalalar bo‘yicha maslahatlantirish hamda maxsus loyihalarda ishtirok etish bilan shug‘ullanadi.

O‘z qaroriga to‘xtalib o‘tgan Gvardiola jamoani tark etishining aniq sababi yo‘qligini, biroq ich-ichidan ketish vaqti kelganini his qilayotganini va bu dunyoda hech narsa abadiy emasligini ta’kidladi.

Klub raisi Xaldun Al Muborak murabbiyga halollik, ishonch va futbolga olib kirgan innovatsion yondashuvi uchun minnatdorchilik bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa olti bor Premyer-liga chempioni bo‘ldi, UEFA Chempionlar ligasi, uchta Angliya kubogi, beshta Angliya liga kubogi, shuningdek UEFA superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va uchta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi.

Uning boshqaruvida jamoa bir mavsumda 100 ochko jamg‘arib rekord o‘rnatdi va Angliya futboli tarixida ketma-ket to‘rt marta chempionlikni rasmiylashtirgan ilk klubga aylandi. Yakshanba kuni Aston Villaga qarshi kechadigan uchrashuv murabbiy uchun Manchester Siti boshqaruvidagi 593- va oxirgi o‘yin bo‘ladi.

Murabbiylar shtabidagi ushbu o‘zgarishlar Angliya grandi a’zosi hisoblangan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning faoliyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yakunlanayotgan ushbu mavsum yosh o‘zbekistonlik futbolchi uchun afsonaviy ispan murabbiyi qo‘l ostida o‘tkazgan birinchi to‘liq davr bo‘ldi.

Avvalroq Gvardiola Husanovning o‘yinini yuqori baholab, uni klubning uzoq yillik ajoyib xaridi deb atagan va yosh himoyachining o‘sishini alohida e’tirof etgan edi. Endilikda o‘zbekistonlik futbolchi Manchester Sitidagi faoliyatini jamoaga keladigan yangi bosh murabbiy qo‘l ostida davom ettiradi.