В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev rossiyaliklar ishonchi bo‘yicha MDH yetakchilari uchligidan joy oldi

Shavkat Mirziyoyev rossiyaliklar ishonchi bo‘yicha MDH yetakchilari uchligidan joy oldi

VSIOM so‘rovnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya aholisi o‘rtasida ishonch bo‘yicha MDH rahbarlari orasida uchinchi o‘rinni egalladi.

Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz yetakchisiga respondentlarning sakkiz foizi yuksak ishonch bildirgan.

Mazkur reytingda birinchi o‘rinni an’anaviy tarzda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko egallagan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onadan Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev joy oldi.

Ushbu ijtimoiy so‘rovnomada Rossiyaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi bir yarim mingdan ziyod voyaga yetgan fuqarolar ishtirok etib, o‘z munosabatlarini bildirganlar. Bunday ko‘rsatkichlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Kengashida ham Toshkent va Moskva o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani hamda har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga yetgani alohida ta’kidlangan edi.