So‘nggi:
O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanadi va ketma-ket besh kun dam olish bo‘ladiJamiyatToshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamaganlarni aniqlash uchun sun’iy intellekt joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni bozor bahosidan arzon sotgan tadbirkorlarga soliq qo‘shimcha hisoblanadiIqtisodiyotO‘zbekistonda hosilni himoya qilish uchun do‘lga qarshi raketalar qo‘llanila boshlandiJamiyatToshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani yuzasidan surishtiruv boshlandiJamiyatCentrum Air aviakompaniyasi samolyotiga chaqmoq urishi oqibatida Urganchga reys kechiktiJamiyatO‘zbekistonda 2,5 mingga yaqin dorixona dori narxini oshirgani aniqlandiJamiyatNamanganda 12 yoshli bolani tok urib o‘ldirdiJamiyatSoliq idoralari faoliyatini aholi va tadbirkorlar tomonidan baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekiston soliq ma’murchiligi bo‘yicha xalqaro reytingda yetakchi bo‘lishni rejalashtirmoqdaSiyosat

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanadi va ketma-ket besh kun dam olish bo‘ladi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanadi va ketma-ket besh kun dam olish bo‘ladi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanadi. Shavkat Mirziyoyev bayramni o‘tkazish va qo‘shimcha dam olish kunlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Ushbu sana mamlakatdagi barcha fuqarolar uchun rasmiy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Shuningdek, hafta oxirida qo‘shimcha dam olish kunlari ham tasdiqlandi. Ish haftasi turidan qat’i nazar, 28-may, payshanba va 29-may, juma kunlari ham dam olish kuni bo‘ladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar uchun esa 30-may, shanba kuni ham qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston aholisining katta qismi 27–31-may kunlari ketma-ket besh kun dam oladi.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

  • 27-may, chorshanba — Qurbon hayiti;
  • 28-may, payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 29-may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 30-may, shanba — dam olish kuni;
  • 31-may, yakshanba — dam olish kuni.

Qarorda hududlarda milliy an’ana va urf-odatlarni inobatga olgan holda bayram tadbirlarini tashkil etish topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent hokimliklariga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bayramni yuqori saviyada o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, Turizm qo‘mitasi va Transport vazirligiga bayram kunlarida ziyoratgohlar va muqaddas maskanlarga borishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish topshirildi.

Qurbon hayiti musulmonlar uchun eng muhim diniy bayramlardan biri hisoblanadi va odatda oilaviy uchrashuvlar, xayriya tadbirlari hamda sayohatlar bilan o‘tadi.