В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Xorazmda odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir etgan ichki ishlar xodimiga hukm o‘qildi

Xorazmda odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir etgan ichki ishlar xodimiga hukm o‘qildi

Xorazmda mast holda 120 km/soat tezlikda avariya sodir etib, yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘lgan profilaktika inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Aniqlanishicha, Urganch shahar IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining 1996-yilda tug‘ilgan kichik inspektori D.Y. xizmat vaqtidan tashqari paytda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shundan so‘ng u mast bo‘lishiga qaramay va atrofdagilarning ogohlantirishlariga e’tibor bermasdan, o‘zining Cobalt rusumli avtomashinasida tanishini uyiga olib borish uchun rulga o‘tirgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi ichki yo‘lda soatiga taxminan 120 kilometr yuqori tezlikda harakatlangan. Yo‘l qismidagi notekisliklar va chuqurliklar sababli u boshqaruvni yo‘qotgan, oqibatda avtomobil yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Mashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi X. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Sud majlisida ayblanuvchi qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirib, marhum do‘stining yaqinlaridan uzr so‘ragan. Sud sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Shuningdek, u 3 yilgacha transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlashtirildi.