Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Robert Levandovski mavsum yakunlangach Barselonani tark etishini ma’lum qildi

Robert Levandovski mavsum yakunlangach Barselonani tark etishini ma’lum qildi

Polshalik hujumchi Robert Levandovski 2026-yil yozida «Barselona»dan ketishini e’lon qildi. U klub safida 191 ta o‘yinda 119 ta gol urib, uch karra Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski amaldagi shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan 2026-yilning yozida «Barselona» klubidan ketishini rasman e’lon qildi. Bu haqda 37 yoshli tajribali futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislar bilan xayrlashuv xabarini qoldirib o‘tgan. Hujumchi kataloniyaliklar safida o‘tkazgan to‘rt yillik faoliyati sinovlar va mashaqqatli mehnatga boy bo‘lganini hamda jamoani o‘z vazifasini to‘liq bajarib, yorug‘ yuz bilan tark etayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, u Kataloniya uning hayotida alohida o‘rin egallashini va ishqibozlarning ilk kunlardanoq ko‘rsatgan cheksiz mehrini hech qachon unutmasligini bildirgan.

Polshalik forvard Kataloniya klubiga 2022-yilda Germaniyaning «Bavariya» jamoasidan 45 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan davr ichida u ko‘k-anorranglilar bilan birgalikda ichki chempionatda katta muvaffaqiyatlarga erishib, uch bor Ispaniya chempionligini, shuningdek mamlakat kubogi va uch marta Superkubok bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Levandovski «Barselona» libosida jami 191 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 119 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumot uchun, u Polsha milliy terma jamoasi safida ham yetakchi bo‘lib, hozirgacha 165 ta o‘yinda 89 ta gol urgan hamda to‘rtta Evropa chempionati va ikkita Jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish